2025-yil 25-oktabr kuni “Toshkent shahridagi Olimpia zaxiralari kolleji” da O‘zbekiston Darts Federatsiyasining 35 yillik yubileyiga bag‘ishlangan birinchi rasmiy chempionat o‘tkazildi.

Mazkur nufuzli musobaqaga O‘zbekiston Darts Federatsiyasi prezidenti janob Mirshod Shakirov tashrif buyurdilar. Tadbir davomida janob Mirshod Shakirov sportchilarga omad tilab, federatsiyaning so‘nggi yillardagi yutuqlari hamda darts sportining mamlakatimizda tobora ommalashib borayotgani haqida so‘z yuritdilar.

Chempionat yuqori ruhda, shiddatli va qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tdi. Ishtirokchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, har bir zarba orqali g‘alabaga intilishdi.

Musobaqa yakunida ayollar va erkaklar toifasidagi g‘oliblar O‘zbekiston Darts Federatsiyasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari va faxriy diplomlar bilan taqdirlandilar.

Mazkur chempionat nafaqat sportchilar uchun muhim tajriba, balki darts ixlosmandlari uchun ham unutilmas voqea bo‘ldi. Tadbir O‘zbekiston darts tarixida yangi sahifa ochib, federatsiya faoliyatining keyingi bosqichlari uchun mustahkam zamin yaratdi.

Leave A Comment